Faoliyati tiklanmoqda

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biri — faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, ularning ishlab chiqarish quvvatini tiklash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan amaliy choralar hisoblanadi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, hududdagi ikki korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari “Uzagro xizmat shindong” MCHJning yog‘-moy ishlab chiqarish korxonasini sog‘lomlashtirish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Xalq banki” ATB mas’ullari tomonidan “Jurayev Fruits” MCHJning issiqxonachilik kompleksini tiklash va barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi. Tashrif yakunida korxonalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning barqaror faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun