Renovatsiya — yangi imkoniyatlar

Date:

Yurtimizda aholiga qulay turar joylar yaratish, mahallalarning shaharsozlik qiyofasini yangilash maqsadida renovatsiya dasturlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanidagi tashrifi davomida Kattahayot mahallasida qad rostlayotgan 7 qavatli uylar qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi. Qurilish sifatini oshirish va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mahallada 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi loyihasi taqdim etilib, bog‘cha bunyodkorligini boshlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Tashrif davomida M-39 avtomagistrali bo‘yida hamda Taroqli mahallasida barpo etilishi rejalashtirilgan uy–joy va savdo majmualari loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi loyihalardagi sustkashliklarni bartaraf etish, ishlarni tezlashtirish va takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun