YER VA OSMON ORASIDA

Date:

– Siz osmon bilan yer oraligʻida qolib ketganmisiz hech? – soʻradi notanish kishi bekatda oʻtirganimda.

Behosdan bu savoldan shoshib qoldim.

– Axir biz osmon bilan yer oraligʻida yashaymiz-ku! – javob berdim oʻzimni aqli sust emasligimni bildiruvchi ohangda.

– Siz shukur qiling, ukajon, sizning oyogʻingizni yer oʻziga tortib turibdi ekan.

– Siz osmon bilan yer oraligʻidamisiz? – soʻradim beixtiyor.

– Bilmadim, uka, hozircha bir oyogʻim yerda, bir oyogʻim goʻrda. Shunisiga ham shukur. Hozirgina oʻgʻlim bekatni oldidan mashinasida oʻtib ketdi. Yonidagi ayolga ilakishib qolgan. Uch bolasi bilan xotini ketib qoldi. Nabiralarimning holidan xabar olib qaytyapman. Oʻgʻlimning oyogʻini yer tutgisi kelmay qoʻyib yubordi. Bir kun omonatini topshirsa, uni qay yoʻl bilan yer bagʻriga olarkin?!

Nuriddin Ziyo

Oldingi sahifaBekzod chempion
Keyingi sahifaTalabalar taqdirlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun