Talabalar taqdirlandi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida innovatsion loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Mexanika fakulteti robototexnika mutaxassisi Komron Annayev yaratgan mini 5 dyumli FPV dron ilk bor muvaffaqiyatli parvoz qildi. Dron 3-6 daqiqa, qo‘shimcha akkumulyator bilan esa 20 daqiqagacha uchadi. Hozirgi boshqaruv pulti yordamida 1 kilometr masofagacha uchirilsa, kelgusida yangilangan boshqaruv tizimi orqali 30 kilometr va undan ortiq masofaga uchirish imkoniyati yaratiladi.

Shundan so‘ng, Toshkentda o‘tkazilgan Ginnes rekordi tadbirida faol qatnashib, mamlakatimiz nomini ulug‘lashga hissa qo‘shgan 30 nafar iqtidorli talabamiz universitet rektori, professor Rasul To‘rayev tomonidan medallar bilan taqdirlandi.

Dronning ilk muvaffaqiyatli parvozi va talabalarimizning Ginnes rekordidagi g‘alabasi — universitet tarixida yorqin sahifa bo‘lib qoldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun