Tartib soddalashtirildi

Date:

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Hujjat quyidagilarga qaratilgan:hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari ustidan nazorat jarayonini takomillashtirish;

auksionlarda ijara huquqi bilan sotib olinadigan yer uchastkalarini birlashtirish imkoniyatini oʻratish;

yer-huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash;

kichik sanoat zonalari hamda ishchlar sanoat-tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini yanada yaxshilash.

Xususan, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishtizimini isloh qilish, ortiqcha byurokratik oʻsiqlarni bartaraf etish,fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy koʻp kvartirali turar joylar qurish koʻlamini yanada kengaytirish uchun quyidagilar belgilandi:

kichik sanoat zonalari va ishlar tadbirkorlik zonalari (YOTZ) hududida joylashgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarda sotishda sanoat zonalari direksiyalari buyurtmachi deb tan olinadi;

olis va choʻl hududlarda tashkil etilayotgan YOTZ roʻyxati Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyat xalq deputatlari kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi, ular zarurat tugʻilganda unga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi.

2025-yil 5-sentyabrdan boshlab olis va choʻl hududlarda joylashgan YOTZ hududidagi boʻsh yer uchastkalari 1 soʻm narxida elektron onlayn-auksionga chiqariladi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va shaharsozlik maqsadlarida elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinadigan yer uchastkalarida qurilish ishlari boshlanganidan ularni foydalanishga topshirilguniga qadar barcha jarayon bosqichlarini «Onlayn mahalla» elektron platformasida monitoring qilish tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun