“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Date:

Ayni kunlarda Termiz shahridagi San’at saroyi hovlisida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Tadbirlarning uchinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda, qizg‘in tarzda o‘tdi.
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ham ishtirok etib, jarayonlarni kuzatib bordi.


Sahnada “Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining hududiy bosqichi g‘oliblari o‘z spektakl va ijrolari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etib, san’atning betakror sehrini ulashdilar.
Qo‘shiq va raqslar, teatrlashtirilgan sahnalar va ma’naviy ohanglar uyg‘unligi kechaga alohida fayz bag‘ishlab, barchaga unutilmas lahzalar tuhfa etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun