Bayram toʻylarga ulandi

Date:

Sariosiyo tumani markazida “Yangisaroy” savdo majmuasi bunyod etildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur majmua Sariosiyo tumaniga oʻzgacha koʻrk bagʻishladi.
Ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mazkur majmuada mehmonxona, umumiy ovqatlanish nuqtasi va savdo markazi aholiga qulay va maqbul xizmatlarini yoʻlga qoʻyishi, qolaversa, hududning tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Ishtirokchilar majmuada yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, xizmatlar, mahsulotlar turlari, narxi va sifati bilan yaqindan tanishdi.

Saxovatpesha tadbirkor Nasiba Oripova “Yangisaroy” majmuasining ochilish munosabati bilan yigirma nafar bolajonlarning sunnat to‘yini ham o‘tkazib berdi. Tadbirda to‘y bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

To‘y bolalarga sarpolar kiydirilib, maktab kiyimlari va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi. San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz, bolajonlar va ularning yaqinlariga bir olam zavq bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun