Maktab kutar seni oʻquvchi

Date:

Yangi 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari Termiz shahridagi barcha maktablarda muvaffaqiyatli yakunlandi. Ta’lim muassasalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, qulay va shinam sinfxonalar oʻquvchilarni bagʻriga olishga tayyor.

Maktablarning tashqi va ichki ko‘rinishida zamonaviylik, obodonlik hamda qulaylik mujassam bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olishiga barcha sharoitlar yaratildi. Ta’lim muhitida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va ma’naviy barkamollik ruhini aks ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda beriladigan barcha 1-sinf o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘alari” ham yetib keldi. Bu sovg‘alar kichik yurtdoshlarimizni yangi bosqichdagi bilim olishi yo‘lida rag‘bat va quvonchga to‘ldiradi.

Minglab o‘quvchilar yangi o‘quv yilini katta ishonch, orzu-intilish va quvonch bilan qarshi olishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun