TerDU tashabbuslar mezboni

Date:

Termiz davlat universiteti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan grafik asosida “INNOWEEK – 2025” haftaligi doirasida “Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” tadbiriga mezbonlik qilmoqda. Ilmiy tadqiqot markazida viloyatimizdagi barcha OTMining loyiha planshetlari va prototip vositalari ko‘rgazmasini tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Professor-oʻqituvchilar, doktorant, magistrant, mustaqil tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir manzilda jamlagan tadbir kutilganidek ishtirokchilarni yangi maqsad va ulkan rejalar sari ruhlantirdi. E’tiborli tomoni, tadbir asnosida ilmiy ishlanmalarni tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikda real loyihalarga aylantirish bo‘yicha seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Aytish kerakki, hozirda Termiz davlat universitetining Ilmiy tadqiqot markazida 30 ga yaqin ilmiy ishlanmalar ustida ish olib borilmoqda. Bugungi kunda shulardan bir nechtasi, jumladan: EkoGidrogel, avtomobil yo‘l bo‘yoqlari, bazalt asosli quvurlar va oltingugurtli beton loyihalari sanoat zonalarida ishlab chiqarishga qo‘yilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun