Yangi shtab binosi — harbiylar ixtiyorida

Date:

Sariosiyo tumanida yangitdan qurilgan harbiy qism shtab binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev aloqador mas’ullar, nuroniylar va harbiylar ishtirok etishdi. Tantanali marosimda shtab binosining qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda quruvchi-pudratchilar Mudofaa vazirligi hamda okrug qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.

Tadbirda yangi qiyofaga kirgan harbiy shtab binosi, tarix, axborot texnologiyalari, ma’naviy va ma’rifiy tayyorgarlik o‘quv binolari, jangovar tayyorgarlik o‘quv sinflaridan iborat binolar, “Kitob-24” hamda “Tir-24” majmualari okrug boshqaruv apparati va harbiy qism harbiy xizmatchilarining ixtiyoriga topshirildi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish borasida tashkil etilgan shtab binosida yuqori jangovor tayyorgarlik, merganlarni tayyorlash, divizion o‘t ochishni boshqarish, metodik tayyorgarlik, uchuvchisiz texnikalarni yo‘naltiruvchi operatorlarini tayyorlash kabi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Umuman olganda, katta hajmdagi qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy qulayliklar yaratilgan ushbu bino harbiy xizmatchilarda milliy armiyamiz qudratini kuchaytirish bilan ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga hamda ertamiz egalarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mustahkam poydevor bo‘la oladi.

Yaratilgan bu kabi qulayliklar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami oldidan harbiy xizmatchilarga munosib tuhfa bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun