Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlovda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, “Boysun-Surxon Agrofirmasi” MCHJning issiqxona, meva va sabzavotlarni quritish va qayta ishlash, yog‘-moy ishlab chiqarish hamda muzlatkich omborxonasi, shuningdek, “Ajrullo Sharifiy” fermer xo‘jaligining quyonchilik, parrandachilik va issiqxonachilik loyihalaridagi mavjud muammolar o‘rganildi.

Faoliyatsiz korxonalarni sog‘lomlashtirish masalalari yuzasidan mas’ullar axborot berdi. Ularni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Shu bilan birga, “Xon Azim” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan savdo, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jarayonlari bilan ham tanishildi.

Tashrif doirasida “Boshrabod” va “Avlod” mahallalarida “yettilik” faoliyati, aholi bandligini ta’minlash loyihalari, hudud infratuzilmasini rivojlantirish ishlari hamda aholining dolzarb muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun