“Navbahor”liklar uchun sovgʻa

Date:

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz boʻylab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida qurilish bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Bandixon tumanida aholi uchun munosib sharoit yaratish maqsadida mahallalar infratuzilmasi yaxshilanib, juda koʻplab amaliy ishlar bajarilmoqda.
Tumanning “Navbahor” mahallasi Bunyodkor yoshlari koʻchasining 2 200 metr qismida asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
“Yaqinda tumandagi nuroniylar ishtirokida mahallalardagi koʻchalarning asfalt boʻlganini borib koʻrib, bizning koʻcha ham asfalt boʻlsin deb havas qilgandik. Qarangki, bugun bizning koʻcha asfalt boʻlyapti. Bu biz uchun mustaqillik bayramiga tuhfa boʻldi” – deydi mahalla nuroniylari.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun