Munosib tuhfa

Date:

Sport yosh-u keksaning hamrohi boʻlar ekan, ular sogʻlom va baquvvat boʻlishadi. Shu sabab hududlarda sport maydonlari barpo etilib, barcha sportga jalb etilayotir. Ayni kunlarda foydalanishga topshirilayotgan ana shunday sport maydonlari esa yoshlarimiz uchun Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida munosib tuhfa boʻlmoqda deyish mumkin. Jumladan, Termiz tumanidagi “Xalqabod” MFY hududida ayni g‘oya asosida Sport vazirligi tomonidan zamonaviy sport maydonchasi qurib berildi.

Ochilish marosimida viloyat Sport boshqarmasi mas’ullari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari va sportsevar yoshlar ishtirok etdi. 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan Universal sport maydonchasida endilikda sportsevarlar basketbol, voleybol hamda mini futbol sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Umuman olganda, ushbu yo‘nalishdagi bunyodkorlik ishlari mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi bilan birga, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzni mustahkamlab, yangidan yangi jismoniy mahorat egalarini kashf etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun