Aliment undirish bekor qilindi

Date:

Majburiy ijro byurosi Muzrabot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi ikkita ijro hujjatlari muddatidan oldin tamomlandi. Tumanning “Gulobod” mahallasida yashovchi Rahimovlar oilasida er va xotinning o‘zaro tortishuvlari jiddiylashib, oila ajrim yoqasiga kelib qolgan edi. Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y-harakati bilan atigi 3 yil avval katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan yosh oila vakillari o‘zaro yarashtirib qo‘yildi. Ikki nafar farzandlar ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘ldi.

Xuddi shu kabi Botirovlar oilasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar ham barham topdi. Oilaning o‘zaro yarashtirish choralari ko‘rildi. Tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida oila vakillari o‘zaro yarashishga qaror qildi hamda voyaga yetmagan uch nafar farzand ota uyiga qaytarildi. Oilalar o‘zaro yarashganliklari munosabati bilan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituvidan tamomlandi hamda aliment to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun