Sergaklikka chaqirildi

Date:

Ogohlik, burchimiz bo‘lishi lozim. Ko‘ngilsizlik, ofatlar so‘rab kelmaydi. Ana shunday paytda sarosimaga tushmasdan harakatlanish lozim. Boysun tumanida ayni jihatlarni hisobga olgan holda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uning oldini olishga qaratilgan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida yong‘in sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi hamda aholini ogohlikka chaqirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot yakunida tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida tumandagi bozorlar, umumiy ovqatlanish muassasalari, maishiy gaz ballonlaridan foydalaniladigan obyektlarda yong‘in xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganildi. Tekshiruv jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilish holati, mavjud texnik vositalarning ishlashga yaroqliligi, gaz ballonlaridan foydalanish tartibi hamda elektr tarmoqlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Oldingi sahifaNur
Keyingi sahifa “Dinamo” g‘olib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni...

“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga...

Sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun...

Yangi markaz ishga tushdi

InfinBank o‘z faoliyati davomida hududiy tarmog‘ini izchil kengaytirib, zamonaviy...
KunTun
KunTun