“Dinamo” g‘olib

Date:

Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” doirasida mahallalar yoshlari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Termiz shahrining Majnuntol, Ma’rifat, Jomiy, Guliston, O‘zbekiston hamda Bog‘zor mahallasi, shuningdek, Termiz tumani va Muzrabot tumani yoshlar jamoalari ishtirok etdi. Tadbirda 100 ga yaqin yoshlar bellashdi.  

Jarayon qizg‘in kechdi. Hujumchilarning mahorati, darvozabonlarning chaqqonligi bilan to‘p mohirona boshqarildi. Ana shunday murosasiz kechgan bahslarda Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahallasining “Dinamo” jamoasiga teng keladigan jamoa topilmadi. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga qiziqishini oshirish va o‘zaro do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun