Yangi ixtiro patentlandi

Date:

“Akademik S. Y. Yunusov” nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan yaratilgan “Parkinson kasalligini davolash uchun vosita” nomli ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu vosita tarkibida tikanakli kavar (Capparis spinosa L.) kurtaklari va pishmagan mevalaridan olingan ekstrakt mavjud bo‘lib, uning asosiy komponentlari polisaxaridlar (30–35%), flavonoidlar (5–10%) hamda suvda eruvchan oqsillar (20–25%)dan iborat.   

Vosita Parkinson kasalligining oldini olish va davolashda qo‘llaniladi hamda kam nojo‘ya ta’sirga ega. Eslatish joizki, parkinson kasalligi — markaziy asab tizimining surunkali xastaligi bo‘lib, titroq, qotib qolish, harakat cheklanishi kabi belgilar bilan kechadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun