Yangi ish oʻrinlari yaratiladi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumaniga tashrifi davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi bilan ham tanishdi.

Xususan, “Yangikuch” mahallasida yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish orqali 7/24 rejimda faoliyat yurituvchi “Turizm ko‘chasi” loyihasini amalga oshirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Loyiha uchun 2,7 milliard so‘m yo‘naltirilayotgan bo‘lib, to‘liq ishga tushgach, 30 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasi tashkil etiladi hamda 52 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Keyingi manzilda yakka tartibdagi tadbirkor Nuriddin Mamatqulov tomonidan tashkil etilgan zargarlik faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur tashabbus davlatimiz rahbarining zargarlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yaratgan imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda amalga oshirilgani e’tirof etildi. Shu yerning o‘zida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tadbirkorlik loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida”Yagona ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarga takroriy ekin uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi hamda oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham topshirildi. Shuningdek, “Istiqlol” mahallasida ishsiz aholiga imtiyozli kredit va subsidiya ajratish orqali “voyish” usulida uzum yetishtirishni yo‘lga qo‘yish loyihasi ijrosi o‘rganildi.

Ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va tuman iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu loyihalarni sifatli va muddatida amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun