“Yozni kitob bilan o‘tkazaman”

Date:

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida viloyat bolalar kutubxonasi bilan hamkorligida “Yozni kitob bilan o‘tkazaman” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat. So‘zga chiqqanlar kitobning inson tafakkuridagi o‘rni, yoshlarning ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida mashhur badiiy asarlar yuzasidan qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, bir-biridan maroqli fikrlar bilan o‘rtoqlashishdi. Eng faol va to‘g‘ri javob bergan talabalarga tashkilotchilar tomonidan kitob sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun