Adabiy uchrashuvda

Date:

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori va “Yoshlar” radiokanali muharriri Gulzebo Ibrohimova bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Malika Xidirova kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni kutib olib, uchrashuvni boshqarib bordi.

Uchrashuvda “Xalq va hayot” gazetasi, Sho‘rchi tumani gazetasi, Oltinsoy tumani hokimligi va ta’lim muassasalari vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Iqtidorli yoshlar shoira ijodiga oid savollar bilan murojaat qilib, ijod sirlari va she’rlarining yaratilish tarixi haqida ma’lumot oldi.

Gulzebo Ibrohimova yangi she’rlaridan namunalar o‘qib, faol ishtirok etgan yoshlarga “Dil maktablari” kitobini sovg‘a qildi. Uchrashuv yoshlar uchun ijodiy ilhom manbai bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun