Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Date:

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi va homiylar tashabbusi bilan mahalladagi bir guruh nuroniylar uchun Samarqand viloyatiga ma’naviy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida otaxon va onaxonlarimiz Imom al-Buxoriy maqbarasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi, Registon maydoni, Shoh-i-Zinda majmuasi, Bibi-xonim masjidi hamda Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy va muqaddas maskanlarni ziyorat qildilar.
Nuroniylar bu muborak joylarda yurt tinchligi, xalq farovonligi va dalalardagi hosillarning barakasi uchun duo qilib, ezgu tilaklar bildirdilar. Mazkur sayohatning asosiy maqsadi — Samarqandning boy tarixiy merosi bilan tanishish, ajdodlar qoldirgan bebaho yodgorliklar orqali milliy o‘zlikni anglash, an’analar va qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlash, yosh avlodga esa vatanparvarlik va faxr tuyg‘ularini singdirishdan iboratdir.
Bunday ma’naviy sayohatlar nuroniylarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni e’tiborga olish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun