Ilk kunda ikkita oltin medal

Date:

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi. Kurash dasturida ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Otabek Yoʻldoshboyev (-65 kg) va Durdona Tursunova (-70 kg) o‘z vazn toifalarida raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Final bahslarida Tursunova Qirg‘iziston vakilasini, Yo‘ldoshboyev esa Eron sportchisini yengib, O‘zbekiston delegatsiyasining ilk g‘alabalariga zamin yaratdi. Shu tariqa, Osiyo yoshlar o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar o‘zlarining yuqori mahorati va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini yana bir bor namoyon etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun