Narxlar barqarorlashtiriladi

Date:

Bozordagi narx-navo mo‘tadil emas. Bu, albatta, xaridor uchun qiyinchilik tug‘diradi. Hamma ham oilada bir imkoniyat va sharoitga ega emas. Ammo hamma ham qozon qaynatib, foydali va kerakli mahsulotlarni tanovul qilishi shart. Ana shunday jihatlarni o‘ylagan holda Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxini barqarorlashtirish bo‘yicha hokimlarga aniq vazifalar yuklatilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, viloyatdagi markaziy bozorlarda arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari yarmarkasi uchun maxsus pavilonlar tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozoriga tashrif buyurib, go‘sht mahsulotlari savdosi va narx-navolar holati bilan tanishdi. Shuningdek, arzon go‘sht mahsulotlari savdosi uchun mo‘ljallangan yangi pavilon qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun