6 nafari ishga, 5 nafari o‘qishga…

Date:

Ijtimoiy reabilitatsiya jarayonidagi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshirish hamda jamiyatga foydali a’zo sifatida qayta integratsiyasiga ko‘maklashish bosh maqsadimizdir. Ayni maqsadda Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan, Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda probatsiya nazorati ostida bo‘lgan fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka doirasida fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Natijada 6 nafar ishtirokchi ish bilan ta’minlandi, 5 nafari kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganligi bois, ular tegishli ta’lim muassasalariga yo‘llanma asosida yuborildi. Bu kabi tadbirlar probatsiya hisobida turgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etadi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun