Indoneziyada yozgi ta’lim dasturida

Date:

Indoneziya pedagogika universitetida tashkil etilgan yozgi ta’lim dasturi doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari samarali va mazmunli mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Dastur davomida talabalar Indoneziyadagi ta’lim tizimi, o‘quv dasturlari va universitetda qo‘llanilayotgan ilg‘or o‘quv rejalari bilan yaqindan tanishishdi.

Yozgi dastur nafaqat ta’lim sohasida balki madaniy sohada ham hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘zaro fikr almashishdi, suhbatlar olib borishdi va do‘stona munosabatlar o‘rnatishdi.

Dastur doirasida tashkil etilgan madaniy ekskursiyalar ham katta taassurot qoldirdi. Jumladan, talabalar Bandung shahridagi mashhur “Gedung Sate” muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyda ular Indoneziya arxitekturasi, tarixi va G‘arbiy Yava viloyatining rivojlanish bosqichlari bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun