Sog‘lom millat uchun

Date:

Denov tumanida “Sog‘lom oila – sog‘lom millat uchun” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Sport tadbiri mahalla yoshlarini sog‘lom turmush tarziga jalb etish va ayollar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, tuman xotin-qizlar faollari jamoasi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) jamoasi hamda “Surxon” mahallasi ko‘chaboshilari jamoasi ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar natijasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasiga 1-o‘rin nasib etdi. G‘olib va sovrindor jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va bunday musobaqalarni muntazam tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun