To‘garaklar quvonch baxsh etmoqda

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘g‘il-qizlarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Bolajonlar “Ilk qadam” davlat dasturi asosida o‘qitiladi. Shu bilan bir qatorda, turli xil mashg‘ulotlar davomida o‘zlari qiziqqan to‘garaklarda shug‘ullanishadi.

Ta’limda “Dolzarb 90 kun” loyihasi bo‘yicha turli ko‘ngilochar dasturlar, san’at, sport va sahna tomoshalari bolajonlarga bir olam quvonch baxsh etmoqda. Bundan tashqari, shaxmat-shashka musobaqalari ham o‘tkazilmoqda. Bolalarning, ayniqsa, rang-tasvir, chet tillari to‘garaklariga qiziqishi baland.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat yuritayotgan har bir insonning niyati o‘g‘il-qizlarimizning bilimini boyitish va aqliy salohiyatini yanada yuksaltirishdan iborat. Bunday ezgu sa’y-harakatlar vatanparvarlik, do‘stlik va tinchlik tuyg‘ularini kuchaytirishda ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun