Insonparvarlik yordami yetkazildi

Date:

Xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida “Qurbon hayiti” munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi. Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan. Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish...

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...
KunTun
KunTun