Pedagoglarimiz Koreyada malaka oshirdi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan malaka toifa sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan 14 nafar malakali informatika fani o‘qituvchilari Janubiy Koreyada “KLIC Training Program” loyihasida ishtirok etdi. Bu dastur raqamli ta’lim, AI va robototexnika sohasida ilg‘or tajriba almashishga qaratilgan.

Oltinsoy tumanidagi 68-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi Raufov Azizbek Anvar o‘g‘li ham mazkur loyihada qatnashib, Seuldagi zamonaviy maktablarni o‘rgandi va dars metodikalari hamda texnologiyalarni o‘zlashtirdi.

Azizbek Raufov: “O‘rganganlarni darslarda qo‘llash orqali o‘quvchilarimizni xalqaro darajadagi bilimlar bilan ta’minlaymiz. Bunday imkoniyatlar ko‘payishi kerak!”, — deydi.

Bu loyiha – zamonaviy o‘qituvchilarni shakllantirish va ta’limda raqamli inqilobni kuchaytirish uchun muhim qadamdir.

Oldingi sahifaMUNOSIB  VORIS
Keyingi sahifaOchiq fazoda ilk mehmonxona

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun