Ochiq fazoda ilk mehmonxona

Date:

Kaliforniyada kosmik inshootlar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi Orbital Assembly Corporation (OAC) korxonasi ochiq fazoda hordiq chiqarish g‘oyasini amaliyotga tatbiq etib, fazodagi birinchi mehmonxonani ishlab chiqmoqda. Qayd etilishicha, 2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan Voyager stansiyasi sayohat haqidagi barcha tasavvurlarni o‘zgartirib yuborishi kutilmoqda, chunki yaqin kelajakda kosmosni o‘rganish faqat professional astronavtlar faoliyati bo‘lib qolmaydi. Hatto oddiy reaktiv samolyot ishqibozlari ham endilikda Yer atmosferasidan tashqarida hashamatli ta’til o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda OAC Above Space nomi ostida faoliyat yuritmoqda. Kompaniyani Jeff Bezos va Richard Brenson kabi taniqli tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Voyager stansiyasi oddiy kosmik kemalardan farq qiladi. U Yer atrofida aylanuvchi ulkan aylana shaklida loyihalashtirilgan. Kema muhandis Verner fon Braun tomonidan loyihalashtirilgan.

Economic Times nashrining xabar berishicha, dastlab OAC mehmonxona ichida Oyning tortishish kuchiga teng (Yerning 1/6 qismiga mos) sun’iy gravitatsiyani yaratishni rejalashtirgan. Keyinchalik bu ko‘rsatkich Mars yoki Yer tortishish kuchiga yaqinlashtiriladi. Natijada mehmonlar yurish, uxlash, ovqatlanish kabi harakatlarni odatdagi tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi va astronavtlardek muallaq qolmaydi.

Mehmonlar sayohatni maxsus kosmik kema orqali Yer orbitasiga chiqishdan boshlaydi. Raketa ularni gravitatsiyasiz maydongacha yetkazadi. So‘ng mehmonlar lift orqali aylanuvchi halqa atrofida joylashgan 24 ta turar joy modulidan iborat rezidensiyalarga olib chiqiladi. Voyager stansiyasida tor kapsulalar bo‘lmaydi. Mehmonxona umumiy 125 ming kvadrat fut maydonni egallaydi va bir vaqtning o‘zida 280 nafar mehmon hamda 112 nafar ekipaj a’zosini qabul qila oladi. Unda hashamatli xonalar, restoran, bar, sport zali, SPA markazi, savdo do‘konlari, kinoteatr va konsert maydonchasi ham bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...

Yangi imkoniyatlar yaratiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida...

Tarixiy natija qayd etdi

Xitoyning Usi shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida surxondaryolik sportchi...

Kasbiy tayyorgarligi oshiriladi

Surxondaryo viloyatida Mudofaa vazirligi va Viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi...
KunTun
KunTun