MUNOSIB  VORIS

Date:

Kunlardan bir kun Xitoy imperatori o‘ziga munosib voris tanlash maqsadida Xitoydagi barcha 14 yoshli bolalarni yig‘ibdi va hammasiga bittadan urug‘ berib, shunday debdi:

— Olti oyning ichida mana shu urug‘lardan eng chiroyli gul o‘stirgan bola mening vorisim bo‘ladi!

Belgilangan vaqt o‘tibdi. Hamma bolalar bir-biridan chiroyli gullarni olib kelishibdi. Imperator ishtirokchilarning gullarini kuzatib ketayotsa, bir bola yig‘lab turganiga ko‘zi tushib qolibdi va unga savol beribdi:

— Nega yig‘layapsan, bolakay?

— Men har qancha harakat qilmay, gulni o‘stira olmadim, — deb javob qilibdi.

Shunda imperator:

— Men aynan shu bolani o‘zimga voris qilaman, – debdi.

Vazirlari taajjublanib, murojaat qilishibdi:

— Hazrati oliylari, nimaga shuncha chiroyli gul o‘stirgan bolalar bir chetda qolib, aynan gul o‘stirolmagan bolani tanlayapsiz?

Imperator:

— Chunki, men urug‘larni tarqatishdan bir kun oldin hammasini qaynatgan edim. Ulardan gul tugul nish ham chiqmasdi! Men aynan shu bolaning to‘g‘riso‘zligi uchun o‘zimga voris qilaman, — deb javob qilibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun