XIZMAT KO‘RSATISHULUSHI PAST

Date:

Bugungi kunda kichik biznesga e’tibor qaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Chunki mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda kichik biznesning hissasi ortib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ellikdan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko‘plab xizmatlar ko‘rsatishning tartib qoidalari soddalashtirildi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga ajratilayotgan kreditlar hajmi ham sezilarli darajada ko‘payib bormoqda.
Mamlakatimizda tadbirkorlik yo‘nalishining qo‘llab-quvvatlanayotganligi Termiz shahrida ham sohaning rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi deyish mumkin. Shaharda 2025-yilda 313 ta yangi yuridik kichik biznes subyektlari tashkil etilib, ularning jami soni 6 807 taga yetdi. Jumladan, kichik biznesning ulushi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 60,1, qurilish pudrat ishlarida 95, chakana savdoda 83,8, xizmatlar hajmida 49,1 foizni tashkil qilmoqda.

Y.Turdiyev,
Termiz shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun