Ta’til maroqli o‘tadi

Date:

Angor tumanida bolalarni yozgi ta’til davrida mazmunli dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida kunduzgi oromgohlar tashkil etildi. Joriy yilning 2-iyun kunidan boshlab tumandagi 7 ta maktab qoshida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshladi.

Bugun ushbu oromgohlarda tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur sog‘lomlashtirish maydonchalarida 600 nafarga yaqin o‘quvchi dam olmoqda. Oromgohlarda bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning mazmunli dam olishi, qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishi uchun turli madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etilgan.

Mazkur tashabbus bolalarning sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun