Xitoylik hamkorlar bunyodkorlik loyihalarini amalga oshiradi

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev boshqarmada Xitoyning “Watchman Group” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xususan, Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar maktab va bog‘chalarga quyosh panellari o‘rnatish, muassasalarni modernizatsiya qilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar hamda kelgusida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Hamkorlikdagi loyihalar doirasida amaliy ishlar joriy yilning sentabr oyidan boshlanishi ma’lum qilindi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun