Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilayotgan Termizning “Surxon” futbol jamoasi O‘zbekiston superligasining 8-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida “Paxtakor” jamoasini 2:1 hisobida yo mag‘lub etdi.
Uchrashuvda termizliklar safida Muhammadali Abdurahmonov va Dostonbek Tursunov o‘z mahoratlarini namoyon etib, gollarga mualliflik qilishdi. Raqib jamoaning yagona goli esa 90+6-daqiqada Igor Sergeev tomonidan kiritildi.
Mazkur g‘alaba natijasida “Surxon” jamoasi ochkolarini 10 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

