Bandixonda limonchilik, Qiziriqda oʻrdakchilik

Date:

Tomorqadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vohamizda tizimli ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, “Do‘stlik” nasos stansiyasidagi agregatlarni ta’mirlash va yangilash, shuningdek, “Do‘stlik” kanalini rekonstruksiya qilish ishlari holati o‘rganildi.

Mutasaddilar tomonidan betonlash va zamonaviy texnologiyalar yordamida suv resurslaridan samarali foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish va ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirishga qaratilgan loyiha taqdim qilindi.

Shuningdek, tashrif doirasida tuman mahallalaridagi limonchilik, issiqxonachilik va parrandachilik faoliyatlari, “Obikor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-105 avtomobil yo‘li bo‘yida 60 gektar maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari qurilishi hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishda davomida Qiziriq tumanida tashkil etilayotgan o‘rdakchilik kompleksi loyihasi ham bilan tanishildi.

Yakunda mutasaddilarga loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, ularni jadallashtirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol...

Talabalar tantanali kutib olindi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan...

Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan...

Ilk qadamdan katta marralar sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir...
KunTun
KunTun