Seminarda faqat xotin-qizlar

Date:

Surxondaryo viloyatida “Innovator, lider ayollar bilan davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sari” shiori ostida amaliy seminar tashkil etildi.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Agentlik mas’ullari, tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari, inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mas’ullar, matbuot kotiblari, “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari, Milliy va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan rahbar ayollar, “Kelajak liderlari” klubi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Seminar doirasida davlat xizmatidagi xotin-qizlarning shaxsiy va kasbiy salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish, jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro fikr almashish va hamkorlik muhitini kengaytirishga qaratilgan ma’ruzalar, taqdimotlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga rahbar ayollarda liderlik, xalqparvarlik va kreativlik salohiyatini shakllantirish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, davlat xizmatining gender jihatlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari yuzasidan amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlar uchun munosib sharoitlar yaratish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun