Pul mukofotlari topshirildi

Date:

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida g‘alla va g‘o‘za parvarishi, ipak qurti boqish kabi muhim agrotexnik ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur jarayonlarni o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlariga tashrif buyurdi.

O‘rganishda hududlarda g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish, g‘alla parvarishi, sanoatlashgan bog‘lar tashkil etilishi hamda kasanachilar tomonidan ipak qurti boqish kabi jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, joylarda soha mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, SIU hududiy rahbarlariga 10 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Viloyat rahbari hududlarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Shuningdek, agrar sohadagi ishlarning qizg‘in pallaga kirganini inobatga olib, barcha vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini alohida ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun