“Yashil belbog‘”lar muvozanatni saqlaydi

Date:

Tez-tez takrorlanib turadigan shamol chang va g‘uborlarni ko‘tarib yuboradi. Bu esa sog‘ligimiz, atrof-muhit uchun zarar. Ana shunday holatlarda chang to‘zoni ko‘tarilining oldini olish maqsadida hududlarda “yashil belbog‘lar” tashkil etilib kelinmoqda.
Prezidentimizning 46-sonli qarori asosida 2022-yilda “Yangi O‘zbekiston” mavzesida 2 gektar maydonda 1050 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Yashil belbog‘” tashkil etilgan edi.
2023-yil bahorida bu ishlar davom ettirilib, yana 2 gektar maydonda ikkinchi “Yashil belbog‘” barpo etildi. Qolaversa, qum bo‘ronlarini bartaraf etish, ekologik muvozanatni saqlash maqsadida 85 gektar yerga saksovul urug‘lari qadalgani va 125 ming tup saksovul ko‘chatlari ekilgani, ushbu hududda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi tashabbusi bilan 300 gektar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida esa yana 50 gektar maydonda saksovulzorlar barpo qilindi. Ushbu daraxtlar yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qum bo‘ronlaridan himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun