Sogʻlom oila uchun birlashaylik

Date:

Angor tumanida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida erta tongdan tadbir tashkil etildi. Dastlab, xotin-qizlar “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasida ishtirok etishdi.

Shundan soʻng ishtirokchilar tuman markaziy o‘yingohida badantarbiya mashg‘ulotlari olib borishdi. Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari — shaxmat va shashka bo‘yicha sport bellashuvlari o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etishdan iborat. Bunday tadbirlar xotin-qizlarning nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatligini mustahkamlash, o‘zaro do‘stona muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi tashabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun