Milliy liboslar namoyish etildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan 11-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” joriy yilning 21–25 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur festival doirasida Termiz shahrida “Milliy liboslar namoyishi” o‘tkazildi. Tadbir liboslar dizayni yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va malakali o‘qituvchilar ishtirokida ochiq osmon ostida yuqori saviyada tashkil etildi. Bu go‘zal namoyish shahrimizning madaniy hayotiga yangicha ruh bag‘ishladi. Tomoshabinlarga milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligida tayyorlangan eksklyuziv to‘plamlar taqdim etildi. Har bir libos o‘ziga xos yondashuv, did va mahoratni ifodalab, mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

O‘zbek milliy liboslari zamonaviy moda yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashgan holda, ajdodlar merosi va bugungi dizayn san’atining betakror namunalarini namoyon etdi. Tadbir barchada yuksak hayrat va zavq uyg‘otdi.

Bu kabi loyihalar nafaqat estetik zavq baxsh etadi, balki yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlik va san’atga mehr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaat muddati —huquq kafolati

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilishi...

Taraqqiyot poydevori

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan 35 yil davomida barcha...

EKRAN ORTIDAGI XAVF: QANDAY ALDANAMIZ?

Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirdi. Bir necha daqiqada pul o‘tkazish,...

Seuldan Surxondaryoga: tajriba, taassurotva yangi g‘oyalar

Ta’limda yangilikka intilish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish bugungi...
KunTun
KunTun