Vatanga qasamyod qilishdi

Date:

Egniga harbiylik libosini kiygan o‘g‘lonlarni ko‘rganimizda ular bilan qanchalar faxrlansak, ularning Vatan oldidagi burchlarini ado etish uchun beradigan va’dalari shundan kam ta’sirlantirmaydi.
Ha, Vatanga qasamyod qilish, yigitlik burchni ado etish sharafdir. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari ham ota-onalar qatori barchaning qalbini faxr-u iftixorga to‘ldirdi.
Marosimlarda harbiy xizmatchilar Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, harbiy burchni vijdonan bajarishga qasamyod qildilar. Tadbirda harbiy qismlar qo‘mondonlari, faxriylar, chaqirilgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tilga e’tibor — savodxonlikdan boshlanadi

Davlat tiliga hurmat uning sofligini asrash, imlo qoidalariga rioya...

XAVFSIZLIK TALABLARI TANQIDIY OSTIDA

Xavfsizlik muhim, ayniqsa, jamoat joylarida. Birgina ehtiyotsizlik yoki e’tiborsizlik,...

Otalar namuna ko‘rsatdi

​Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi”...

Sportchimiz kubok g‘olibi

Sportdagi yutuqlar hududlarda sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun