Yo‘llar ravon, manzil yaqin

Date:

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qaror, farmon va topshiriqlari hamda davlat dasturlari doirasida hududlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Dastlab, “Darband–Boysun–Elbayon” (4R-105) hamda 4R-100 avtomobil yo‘llaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan loyihalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, “Omonxona” dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘l bo‘yida zamonaviy “Kemping” majmuasi qurish loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar, “Xo‘jamayxona” suv inshooti, tuman tibbiyot birlashmasidagi laboratoriya va ayollar maslahatxonasi binolari qurilishi ham o‘rganildi.
Mutasaddilarga ishlar sifatini nazorat qilish va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yakunda davlat dasturlari va qurilish sohasidagi vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi hamda kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun