Pora taklif qilgan ushlandi

Date:

Surxondaryo viloyat sudida ko‘rib chiqilayotgan muhim jinoyat ishida qonuniylikka zid holat qayd etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sh.H. ismli shaxsga nisbatan jinoyat ishi birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ko‘rib chiqilib, aybli deb topilgan va unga nisbatan hukm chiqarilgan. Keyinchalik ish apellyatsiya instansiyasida ham ko‘rib chiqilib, hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Shu bilan birga, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha taftish shikoyati ham berilgan. Bu jarayonda fuqaroviy da’vogarning vakili sifatida qatnashayotgan advokat sudyaning qonuniy faoliyatiga noqonuniy aralashishga uringan. U taftish shikoyatini o‘z manfaatlariga mos tarzda qanoatlantirish evaziga sudyaga — jinoyat ishi bo‘yicha ma’ruzachiga — 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Sudyaga bu pora taklif qilinganida, unga qonuniy tartibda shikoyat belgilangan qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqilishi, hech qanday noqonuniy vosita natijaga ta’sir eta olmasligi tushuntirilgan. Shunga qaramay, advokat takroran pora taklif qilishga uringan.

Sudyadan kelib tushgan bildirgi asosida vakolatli organlar tomonidan tezkor tadbir tashkil etildi. Natijada advokat pora taklif qilayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat-protsessual qonunchilikka muvofiq tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur voqea yana bir bor sud hokimiyati mustaqilligi, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga hech qanday noqonuniy vosita bilan putur yetkazib bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

A.To‘rayev,

Viloyat prokurorining katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun