Chora ko‘rildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli shahar va tumanlar studiyalari orqali onlayn tarzda o‘tkazildi. Qabul Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.Dastlab, avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ijrosi tahlil qilindi. Murojaatlarga mas’uliyatsiz yondashgan ayrim mutasaddilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi — ulardan ba’zilari lavozimidan ozod etildi, ayrimlari esa ogohlantirildi.

Shundan so‘ng, hududiy studiyalar orqali 52 nafar tadbirkorning kredit ajratilishi, kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr, yer va huquqiy masalalar bo‘yicha 57 ta murojaati tinglandi.

Qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida mas’ullarga aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi tadbirkorlar murojaatlarini uzluksiz qabul qilish va ularni tezkor hal etish maqsadida maxsus Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining joylardagi ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarning biriktirilgan oilalar bilan ishlash faoliyati tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish va turmush darajasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun