Yangi tashabbuslarga start berildi

Date:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida viloyatimizda og‘ir toifaga kiruvchi 77 ta mahallada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod mahallasiga viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda qator yangi tashabbuslarga start berdi. Jumladan, 200 ta xonadonda limonchilikni yo‘lga qo‘yish masalalari o‘rganildi hamda 100 ta xonadonga tuxum yo‘nalishida 100 tadan tovuq topshirildi. 

Mengul Nasriddinovaning tomorqadan manzarali daraxt va gul ko‘chatlari yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda sug‘orish tizimini yaxshilash, nasos stansiyasi o‘rnatish va ariqlarni betonlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Viloyat hokimi Xo‘jasoat mahallasida ham bo‘lib, mahalla idorasi binosining foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi hamda mahalla yettiligining dasturlar ijrosi yuzasidan hisobotini tingladi. Tashrif yakunida “Mingchinor” mahallasining 10 gektarlik maydonida kooperatsiya asosida issiqxonalar majmuasini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Turon bankining 1,3 million AQSH dollarilik imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning o‘ziga xosligi mahalliy dehqonlarning orttirgan tajribasi asosida tejamkor usulda qurilishidir. Mazkur loyiha orqali 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun