Pavel Xan muammoni hal qiladimi?

Date:

Ayni kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pavel Xan boschiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida safarda boʻlib turibdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad taekvondo WT rivojlanmagan va past natijalar ko‘rsatib kelayotgan hududlardan biri bo‘lmish Surxondaryodagi davlat sport ta’limi muassasalari murabbiylari va hakamlari uchun sportchilarni jalb etish, ularni seleksiya qilish, mashg‘ulotlarni to‘g‘ri o’tkazib, musobaqalarni xalqaro hakamlik talablari asosida tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Shu yoʻsinda tashrif davomida assotsiatsiyamiz bosh hakami Dmitriy Kim referilar uchun seminar oʻtib bergan bo’lsa, Pavel Xan surxondaryolik murabbiylar bilan amaliy mashg‘ulot oʻtkazdi. Bosh shifokor Aleksey Chernyov esa antidoping masalalari boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun