TerDUda Navro‘z shukuhi

Date:

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda Termiz davlat universitetida ham bayram keng nishonlanayotir. Tantanali tadbir doirasida ayyomning ajralmas ramzi bo‘lgan sumalak pishirildi.


Talaba-qizlar milliy liboslar ko‘rgazmasini ham tashkil etib, bir-biridan ajoyib liboslarda ko‘rgan ko‘zlarni quvnatishgan bo‘lishsa, bayram dasturlari — sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiq va raqslari bayramga alohida shukuh bag‘ishladi.


Ayniqsa, universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy urf-odatlarimizni yorituvchi sahna ko‘rinishlari barcha tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi. Navro‘z shodiyonalari milliy an’analarimizning betakror qirralarini yana bir bor namoyon qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun