Navro‘z yanada fayzli o‘tmoqda

Date:

Navro‘z asrlar davomida xalqimiz tomonidan katta shodiyonalar bilan nishonlab kelinayotgan qadimiy bayramdir. U mehr-oqibat, adolat va insoniylik fazilatlarini o‘zida mujassam etadi. Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom.
Vohamiz bo‘ylab davom etayotgan Navro‘z shodiyonalari barchada yuqori kayfiyat baxsh etmoqda. Jumladan, Uzun tumanida boshlangan Navro‘z umumxalq bayrami ham ana shunday ruhda davom etmoqda.


Bayram dasturi doirasida milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi turli madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Sport musobaqalari esa yoshlarning e’tiborini tortib, hattoki nozik hilqat vakilalari bo‘lmish qizlar ham yigitlardan qolishmay, kuch sinashishda, kurashda o‘zlarini sinab ko‘rishayotir. Milliy taomlar festivali unutilib borilayotgan taomlarni yana bir bor tatib ko‘rish imkonini bergan bo‘lsa, milliy kiyimlar ko‘rgazmalari esa milliyligimizga qaytish fursatini taqdim etgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bayramga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi esa poytaxtimizdan tashrif buyurgan xonandalar bilan yanada fayzli o‘tmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun