Yozgi taʼtil qisqaradimi?

Date:

Yurtimizda maktablarida yozgi taʼtil 1,5 oy (6 hafta) boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Uzoq taʼtil davomida bolalar bilimni unutib qoʻyishlari mumkinligi ro‘kach qilinmoqda.
Ushbu taklif ayrim ota-onalarni mamnun qilgan bo‘lsa, ayrimlar bu fikrga qo‘yilmagan. To‘g‘ri, dunyodagi ayrim davlatlarda yozgi taʼtil qisqaroqdir, lekin yil davomida koʻplab bayram kunlari borligini ham eslatib oʻtish joiz. Biroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunday mish-mishlarni rad etdi.
Maʼlumot oʻrnida, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, oʻquv yilining davomiyligi 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta)ni tashkil qiladi.
Bunda oʻquv yili davomidagi taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilangan:

  • kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.
    Eslatma uchun, joriy yilning 20-martida maktablarda III chorak tugab, oʻquvchilar 21-martdan bahorgi taʼtilga chiqadi. IV chorak darslari esa 28-mart kunidan boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun